2019 yilgi Samarqand malikalari kimligini bilasizmi?

Samarqand shahar Yoshlar markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Samarqand malikasi – 2019” tanlovining ikkinchi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tanlovda 15 nafar qizlar qatnashdi. Ular milliy, zamonaviy, ertak qahramonlari liboslarida chiqishlar qilib, tanlov shartlarini astoydil bajarishdi.

- Ushbu tanlov viloyatimizda uchinchi bor o‘tkazilishi, - deydi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Elyor Ulug‘murodov. - Bu yil g‘oliblarni xolisona baholash maqsadida  qizlarimizga 255 nafar tomoshabin tomonidan ovoz berildi. Keyingi yillarda tanlovning Respublika bosqichini  o‘tkazishni  rejalashtirganmiz.

Tanlovda Parizod Radjabova, Fariza Rabiddinova, Tursunoy Karimova, Angelina Isayeva, Aziza Namozova, Nozima Gaziyeva, Jasmina Hamroyevalar final bosqichiga yo‘llanma olishdi.