BMT Taraqqiyot dasturi qo‘llovida 20 nafar samarqandlik xotin-qiz sertifikatga ega bo‘ldi
Samarqand shahrida BMT Taraqqiyot dasturi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida amalga oshirilgan “Xotin-qizlar tadbirkorligini rasmiylashtirish” dasturi bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv dasturi yakunlandi.

Ta’lim jarayoni BMTning munosib mehnat va rasmiy bandlikka o‘tishga qaratilgan qo‘shma dasturi doirasida "EKVITA Italiya" jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazildi.
10 kunlik o‘quv davomida qatnashchilar biznesni rasmiylashtirish, buxgalteriya va soliq tizimi, moliyaviy savodxonlik, marketing va yetakchilik bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldi.
Treninglar yakunida 20 nafar samarqandlik xotin-qizga sertifikatlar topshirildi.

Eng faol ishtirokchilar 2026 yilda PROONning mini-grantlar dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Loyiha Samarqand, Buxoro va Qarshi shaharlarida, jami 60 nafar xotin-qizni qamrab olib, ularning rasmiy bandlikka o‘tishi va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Ushbu dastur xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, moliyaviy va huquqiy savodxonligini oshirish, rasmiy bandlikka o‘tishlariga ko‘maklashish kabi muhim maqsadlarga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Rohila Ochilova.