BMT Isroilga qarshi uchta rezolyusiya qabul qildi
Tashkilot rasmiy sahifasida qayd etilishicha, ushbu rezolyusiyalar 2024 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 17-marta Isroilning qoralanishi bo‘lgan. Rezolyusiyani 137 davlat nafar yoqlagan, 12 ta davlat qarshi ovoz bergan va 22 ta davlat betaraf qolgan.
Rezolyusiyada insonparvarlik yordami va asosiy xizmatlarni taqdim etishni ta’minlash hamda Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, Isroil tomonidan bosib olingan hududlarda xalqaro tashkilotlar faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi choralar qoralangan.
“Mazkur rezolyusiyani qabul qilib, Bosh Assambleya yana bir bor Isroilni xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilishga, yordam ko‘rsatishga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni to‘xtatishga va ikki davlatning tinch hamkorlik tamoyiliga asoslangan barqaror tinchlikka erishish uchun ko‘maklashishga chaqirdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Norvegiya tomonidan Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlarni tashkil etish agentligi (UNRWA)ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Isroilga qarshi taklif qilingan ushbu rezolyusiya Xalqaro suddan Isroil tomonidan qabul qilingan qonunlarga cheklov qo‘yishni ham ko‘rsatib beradi.