Samarqand deklaratsiyasi
- 21.11.2024 11:12
- 494
- Dolzarb

BMT bosh qarorgohida 194 ta mamlakat a’zolari tomonidan rasmiy hujjat sifatida qabul qilindi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasida o‘tkazilgan seminar-treningda ushbu hujjatning qabul qilinishi va Samarqand deklaratsiyasining mazmun-mohiyati xususida ma’lumotlar berildi.
Xabaringiz bor, shu yilning 2-5 oktyabr kunlari Samarqandda «Aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni» mavzusidagi I xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda hamkor tashkilotlar tomonidan Deklaratsiya tasdiqlangan edi. Ushbu hujjat BMT Bosh qarorgohida rasmiy hujjat sifatida qabul qilindi. Bu hujjatda O‘zbekistonning mahalla tizimi, ayni yo‘nalishda keyingi yillarda amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, uyushmaning hamkor tashkilotlar bilan birgalikda kelgusida hayotga tatbiq etiladigan rejalari aks ettirilgan.
Mazkur rasmiy hujjat bilan BMTning rasmiy sahifasida A/79/516 ilovasi orqali oltita rasmiy tilda tanishishingiz mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kibr ila isrof kambag‘allik keltiradi
- 1 soat avval
- Mutolaa
Mutolaa: Xaloskor
- 29/03, 21:04
- O'qing, qiziq!