2020-2022 yillarda idoraviy raqamli transformatsiya dasturi ishlab chiqiladi
Prezidentimizning «Raqamli O‘zbekiston 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasiga qo‘shimcha ravishda hujjat loyihasi to‘g‘risida”gi 2020 yil 25 avgustdagi topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan chora-tadbirlar rejasi belgilandi.
Unga ko‘ra, raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini va ijrochi mas’ullarni ko‘rsatgan holda, 2020-2022 yillarda idoraviy raqamli transformatsiya dasturi ishlab chiqiladi.
Bunda:
soha bo‘yicha raqamli infratuzilmani rivojlantirish, o‘z faoliyatiga axborot tizimlarini va dasturiy mahsulotlar, elektron xizmatlar va servislarni joriy etish, kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirish nazarda tutilgan.
Raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini va ijrochi mas’ullarni ko‘rsatgan holda 2020-2022 yillarda hududiy raqamli transformatsiya dasturlari ishlab chiqish,
Bunda:
Hududiy raqamli infratuzilmani rivojlantirish (optik tolali aloqa liniyalarini qurish, Internetga keng polosali ulanishni kengaytirish, ijtimoiy ob’yektlarni Internetga ulash, mobil aloqani rivojlantirish), mahalliy davlat hokimlik organlari va hududiy buysunuv korxonalari faoliyatiga axborot tizimlarini va dasturiy mahsulotlarni, elektron xizmatlar va servislarni joriy etish, hududlarda raqamli industriyani rivojlantirish, aholini o‘qitish va kadrlar malakasini oshirish belgilangan.