O‘zbekistonda ilk raqamli bankka litsenziya berildi
- 27.08.2020 14:50
- 154
- Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahrida “ANOR BANK” aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Mazkur moliya muassasasi masofadan turib xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan O‘zbekistondagi birinchi bank sifatida tarixga kirdi. Ushbu muassasa faoliyati mijoz va bank o‘rtasidagi munosabatlarning odatiy modelini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan.
“ANOR BANK” innovatsion chakana mahsulotlarni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatishning yangi formatini joriy etishga e’tibor qaratadi. Mijoz bank binosiga kelmaganligi uchun ham bu aholi uchun yangi tajriba. Bu yerda mijoz barcha jarayonni masofadan turib boshqaradi.
O‘ktam Xudoyberdiyev.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
5 yil – 5 qadriyat – yangi marralar sari!
- 16 daqiqa avval
- Ta’lim
Biz ham yelkamizni tutib beraylik!
- 2 soat avval
- Mutolaa
Toyloqda banan yetishtiriladi
- 2 soat avval
- Qishloq xo'jaligi
El-yurtning umidiga aylaning!
- Kecha, 16:46
- Samarqand