27-raqamli shahar avtobus yo‘nalishi yangi harakat sxemasi asosida qayta tiklandi
Samarqand shahar Qorasuv massivini Temiryo‘l vokzali bilan bog‘lovchi 27-raqamli shahar avtobus yo‘nalishi yangi harakat sxemasi asosida qayta tiklandi. Ushbu yo‘nalish Temiryo‘l vokzalidan boshlanib Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Mahmud Qoshg‘ariy, Amir Temur, Shohruh Mirzo, Universitet xiyoboni, Registon, Dahbed, Motrid ko‘chalari hamda Samarqand halqa yo‘li orqali Qorasuv massivida yo‘nalishni yakunlaydi.
E’tibor qilgan bo‘lsangiz, endilikda ushbu yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobuslar Mir Said Baraka nomli ko‘chadan emas, balki Mahmud Qoshg‘ariy nomli ko‘chadan Amir Temur nomli ko‘cha tomon harakatlanadi.
Yo‘nalishda “Maroqand trans 777” MChJ tomonidan olib kelingan avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Yo‘nalishning umumiy uzunligi 17 km. bo‘lib unda 8 ta avtobus 12-15 daqiqalik interval asosida harakatlanadi. Yo‘l kira narxi 1400 so‘mni tashkil qiladi. Avtobuslar elektron to‘lov tizimiga moslashtirilgan hamda JPS trekerlari orqali onlayn kuzatib boriladi.
“Maroqand trans 777” MChJ ta’sischisi Farhod Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasidan yana 55 ta avtobus tez orada Samarqandga olib kelinib, yo‘nalishlarga chiqariladi, deyiladi viloyat transport boshqarmasi xabarida.