27 sotix yerni 13,5 ming dollarga pullayotgan kadastr xodimi ushlandi
Toshkent viloyati IIBB JQB tezkor xodimlari tomonidan 8 sentyabr kuni o‘tkazilgan tadbir davomida Yangiyo‘l tumani kadastr xizmati xodimi 27 sotix yerni har bir sotixi 500 AQSh dollaridan baholab, jami 13 500 AQSh dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
2020 yil 8 sentyabr kuni fuqaro M.A. viloyat IIBB ariza bilan murojaat qilib, arizasida uy-joy qilish uchun fuqarolarga ajratilayotgan yerlar bo‘lsa, qonuniy sotib olish, uy-joy qilish maqsadida Toshkent viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri Yangiyo‘l tumani filialiga murojaat qilganini, filialda turar joy mutaxassisi lavozimida ishlovchi I.N. hozirgi kunda shudgor qilinib tayyorlangan yerlarning xar bir sotig‘i 500 AQSh dollaridan, hozirda 27 sotix tayyorlangan yerni jami 13.500 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganini ma’lum qilib, ush shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida, Toshkent viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Toshkent viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Yangiyo‘l tumani filialida turar-joy mutaxassisi lavozimida ishlovchi, 29 yoshli I.N. fuqarodan kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida xolislar ishtirokida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 3 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda