"Temurbeklar" maktabiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan mansabdor qo‘lga olindi
- 31.05.2023 21:07
- 570
- Jinoyat va jazo
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida Past Darg‘om tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari X.U. Mudofaa vazirligiga qarashli “Temurbeklar” maktabiga mahalliy fuqaroni o‘qishga kirish imtihonlarining birlamchi bosqichidan muammosiz o‘tishini va’da qilib, oldindan kelishilgan 1.500.000 million so‘m pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan X.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘z moddiy manfaatini ko‘zlab, qonunga xilof tarzda fuqarolardan pul undirishni "kasb" qilgan kimsalarga qonuniy chora ko‘rilmas ekan, taraqqiyotga, rivojlanishga erishib bo‘lmaydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa