Samarqandda bank yuristi pora bilan qo‘lga tushdi
- 24.11.2022 09:56
- 761
- Jinoyat va jazo
Ma’lum bo‘lishicha, viloyatdagi banklarning birida bo‘lim yuristi lavozimida ishlovchi, 42 yoshli T.Sh. bank bilan mijozlar o‘rtasidagi muammoli vaziyatlarda ishni fuqarolar foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini olib kelganligi aniqlangan.
Holat Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, IIB hamda prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etilgan.
Xususan, T.Sh. mahalliy fuqaroning kredit masalalari bo‘yicha davlat boji va sud ishini hal qilib berish evaziga 3000 AQSh dollarini pora sifatida talab qilib, oldindan 1050 AQSh dollarini olgan hamda tezkor tadbir chog‘ida qolgan 1950 AQSh dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- 3 soat avval
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- 3 soat avval
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa