Fuqarolardan 1400 AQSh dollari talab qilgan advokat ushlandi
- 01.03.2025 20:59
- 511
- Jinoyat va jazo

Shu yilning fevral oyida Samarqand shahridagi “Shafqat” advokatlar hay’ati advokati 1996 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan O.H fuqaro M.M.dan aliment undirish bilan bog‘liq masalasini MIBdagi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 600 AQSh dollari talab qilgan.
Bu hammasi emas, u M.M. rahbarlik qilib kelayotgan “Bog‘izog‘on tomorqa xizmat” MChJga nisbatan soliq idorasi tomonidan qo‘llanilgan 94 million so‘mlik soliq to‘lovlarini iqtisodiy suddagi tanishi orqali kamaytirib berish evaziga 800 AQSh dollari ham so‘ragan.
DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan faol tadbir davomida advokatning bu "ish"ga "nuqta" qo‘ydi. O.H. jami 1,4 ming AQSh dollarini fuqaro M.M.dan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Gitlerni dahshatga solgan bashoratchi
- Kecha, 16:08
- O'qing, qiziq!
Bo‘lgan voqea: Oqibat yo‘qolmasin
- 01/03, 13:56
- Mutolaa