O‘zbekiston tijoriy poraxo‘rlik xavfi bilan bog‘liq reytingda 16 pog‘onaga ko‘tarildi
- 23.12.2022 11:56
- 67
- Iqtisodiyot
«TRACE International» xalqaro assotsiatsiyasi 2022 yilning «Biznesda poraxo‘rlik xavfi» global indeksini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston 58 ball bilan 131-o‘ringacha ko‘tarilgan, 2021 yilda esa 59 ball bilan (1 balldan 100 ballgacha baholanadi, 1 ball – eng ijobiy) 147-o‘rinni egallab turgan edi.
Ma’lumot uchun: TRACE Matrix indeksi kompaniyalarga ma’lum bir mamlakatda biznes yuritishda korrupsiyaga duch kelish xavfini baholab beruvchi vosita sifatida ishlab chiqilgan. Indeks 2014 yildan beri e’lon qilinib kelinmoqda.
Bu yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya, Turkmaniston, Ekvatorial Gvineya, Suriya va Venesuelada tijoriy poraxo‘rlik xavfi eng yuqori, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Shveysariya va Daniya esa eng past ko‘rsatkichlarga ega.
Mintaqamizda indeksdagi ijobiy o‘zgarishlar faqat ikki davlatda, jumladan, O‘zbekistonda kuzatilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- 3 soat avval
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa