Firibgarlik yo‘li bilan fuqarodan 4 ming dollar pora olgan advokat ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat IIB hamda prokuratura xodimlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Kecha, 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan tadbirda Samarqand shahridagi “STATUS” advokatlik hay’ati advokati, 1981 yilda tug‘ilgan H.A. mahalliy fuqaroning sud tomonidan ko‘rib chiqilgan avtomashina olti-sotdisi bo‘yicha firibgarlik yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini appelyasiya tartibida qayta ko‘rib chiqilishida yordam berishni va’da qilganligi aniqlandi. H.A. buning evaziga 9 million so‘m hamda mazkur jinoyat ishini fuqaroning foydasiga hal qilish evaziga sudyaga berish uchun 3 ming AQSh dollari miqdorida pul berishini talab qilgan.

O‘tkazilgan faol tadbir davomida H.A. mahalliy fuqarodan 4 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda, advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.