Oqdaryo tumanining sobiq hokimi tadbirkordan 200 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga olindi

Muqaddam Oqdaryo tumani hokimi lavozimida ishlagan shaxs va ichki ishlar organlarining sobiq xodimi hamda maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro o‘zaro til biriktirib, aldov yo‘li bilan tadbirkorning ishonchiga kirgan, deya xabar bermoqda UzA.

Xususan, ular Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani “Surum” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan tikuvchilik fabrikasi tashkil etish uchun boshqa bir fuqaroga tegishli mas’uliyati cheklangan jamiyatga berilgan 11,1 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 6 mln AQSh dollari talab qilishgan.

DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, mazkur 3 nafar shaxs Toshkent shahridagi kafelardan birida so‘ralgan pul mablag‘idan 200 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.