2025 yilning eng namunali sog‘liqni saqlash hududiy organlari va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida “2025 yilning eng namunali sog‘liqni saqlash hududiy organi” va “2025 yilning eng namunali tibbiyot oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyalari bo‘yicha so‘rovnomalar e’lon qilindi.
Jami 250 ming nafar ovoz beruvchi ishtirok etgan ushbu so‘rovnomalar yakunida keng jamoatchilikning bahosi asosida g‘oliblar aniqlandi.
Xususan, “2025 yilning eng namunali sog‘liqni saqlash hududiy organi” nominatsiyasida Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi 1-o‘rinni, Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi 2-o‘rinni hamda Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“2025 yilning eng namunali tibbiyot oliy ta’lim muassasasi” yo‘nalishida Andijon davlat tibbiyot instituti 1-o‘rinni, Buxoro davlat tibbiyot instituti 2-o‘rinni hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-o‘rinni egalladi.
Sog‘liqni saqlash vaziri A.Xudoyoov boshchiligida ushbu so‘rovnomalarda eng ko‘p ovoz to‘plagan tegishli hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari va tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rektorlariga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.