Kun tartibida AQSh–Daniya: Grenlandiya himoyasi va Trampning rejalari

Agar AQSh Grenlandiyaga bostirib kirsa, Daniya harbiylari 1952 yildan amal qilib kelayotgan qoidaga muvofiq harakat qiladi: avval o‘t ochiladi, so‘ng tafsilotlar aniqlanadi, deyiladi The Telegraph nashrida.

Daniya Mudofaa vazirligi ushbu qoida hali ham kuchda ekanini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Daniya hududiga, jumladan Grenlandiyaga xorijiy qo‘shinlar kirib kelgan taqdirda, harbiylar yuqoridan buyruq kutmasdan darhol o‘q otishga majbur.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp hozirda o‘z maslahatchilari bilan Grenlandiyani xarid qilish masalasini faol muhokama qilmoqda. Yevropa tomoni esa bu hodisani kuzatayotib, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Grenlandiyani strategik shartlar evaziga boshqa geopolitik imtiyozlar bilan almashtirishga tayyor ekanini bildirmoqda.

So‘nggi paytlarda AQSh va Daniya munosabatlari Grenlandiya atrofidagi xavfsizlik masalalari sababdan yanada taranglashgan. AQSh Arktikadagi strategik manfaatlarini ochiq ta’kidlamoqda, Kopengagen esa Grenlandiya Daniya hududi ekanini va uning xavfsizligi qat’iy himoya qilinishi kerakligini ogohlantirmoqda.