Eron Turkiyadagi Amerika bazalariga teginmadi. Nega?
Turkiyada AQShning eng yirik harbiy bazalaridan biri joylashgan. Injirlik harbiy bazasi. Biroq Eron bu bazaga teginmadi.
• Birinchidan, Turkiya – NATO a’zosi. Agar Turkiya hududiga hujum qilinsa, avtomatik ravishda NATOning 5-moddasi ishga tushadi: “Kimki a’zolardan bittasiga hujum qilsa, qolganlariga ham hujum qilgan bo‘ladi”. Va, NATOning 30 dan ortiq davlatlari, kollektiv ravishda Eronga javob qaytarishi kerak bo‘ladi. Bu Eronga kerak emas.
• Ikkinchidan, Turkiya – bugun NATOning ichidagi “Troya oti”: AQSh bilan munosabatlarni buzishni istamaydi, lekin Isroilni ko‘rarga ko‘zi yo‘q. Shuning uchun Turkiyaning Eron borasidagi pozitsiyasi AQSh va Isroilning pozitsiyasidan farq qiladi. Eronning yiqilishini istamaydi. Buni Tehron yaxshi biladi.
• Uchinchidan, Turkiya bu urushda o‘zini vositachi sifatida taqdim qiladi. Agar Eron Turkiyaga hujum qilsa, Turkiya vositachi bo‘lish maqomidan, o‘zining qadr-qimmati va sha’nini himoya qilish maqsadida Eronga javob zarbalari berishga majbur bo‘ladi. Ya’ni, Turkiya neytral pozitsiyadan opponent maqomiga o‘tib boshlaydi.