Nurobodda yer maydonini noqonuniy sotishga urinish holati fosh etildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Nurobod tumanida yer maydonini noqonuniy sotishga urinish holati aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, Nurobod tumanida yashovchi B.A., fuqaroga tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, ushbu yer maydoniga oid rasmiy hujjatlarni tayyorlab berish uchun Davlat kadastrlar palatasining Nurobod tuman bo‘limi mansabdor shaxslarini moddiy manfaatdor qilish evaziga yer maydonini 7 000 AQSh dollariga sotishga kelishgan.

 Tezkor tadbir davomida B.A. kelishilgan mablag‘ning
5 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lib, ayni paytda qonunchilikda belgilangan tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.