Qulay va samarali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — bu O‘zbekistonda davlat xizmatlarini internet orqali tez va qulay tarzda olish imkonini beruvchi elektron platforma hisoblanadi. U “bir darcha” tamoyili asosida ishlab, fuqarolar va tadbirkorlarga ko‘plab davlat xizmatlarini onlayn tarzda taqdim etadi.

Portal davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Fuqarolar portal orqali uydan chiqmasdan turib turli davlat xizmatlariga ariza berishi mumkin.

Masalan:

- yashash joyiga ro‘yxatdan o‘tish;

- bolani bog‘chaga joylashtirish;

- soliqdan qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma olish;

- mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish;

- o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish;

- avtotransportga elektron ishonchnoma olish.

Bundan tashqari, portal orqali turli davlat ma’lumotlarini onlayn ko‘rish mumkin. Jumladan, ish haqi to‘g‘risida, pensiya jamg‘armasi, yashash joyida ro‘yxatda turgan shaxslar haqida, uy-joy yoki mulk haqida ma’lumot olsa bo‘ladi.

Shuningdek, elektron murojaat va ariza yuborishingiz mumkin.

Portal orqali ayrim davlat xizmatlari uchun onlayn to‘lov qilish imkoniyati mavjud.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ta’lim, soliq, transport,  bandlik va mehnat, kommunal xizmatlar, litsenziya va ruxsatnomalar, ijtimoiy himoya va boshqalar haqida ma’lumot olish hamda bu xizmatlardan foydalanish mumkin.

Portal imkoniyatlarni vaqtni tejaydi, davlat idoralariga borish talab qilinmaydi, xizmatlar 24/7 rejimda ishlaydi, hujjatlarni elektron tarzda olish mumkin.

Otajon Amirov,

Samarqand shahar davlat hizmatlari marqazi aloqa operatori