320 ming dollarlik issiqxona qanday isitiladi?

Narpay tumanida yosh tadbirkor Sarvar Xushiyev rahbarlik qiladigan "Mo‘'jiza agro group" mas’uliyati cheklangan jamiyati yildan-yilga faoliyatini kengaytirib boryapti.

Shu paytgacha jamiyat qoshida yaxna ichimlik suvi ishlab chiqariladigan, polietilen mahsulotlarni qayta ishlaydigan sexlar mavjud edi.

Shu yilning sentyabr oyida qiymati 320 ming dollarlik yangi loyiha ishga tushirildi.

- 1,5 gektar maydonda zamonaviy issiqxona barpo etdik, - deydi tadbirkor S.Xushiyev. - Natijada 17 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu yerda pomidor yetishtiryapmiz. Bir mavsumda 150 tonna hosil olishni rejalashtirganmiz.

Energotejamkor, ko‘mir bilan isitiladigan issiqxona Xitoy texnologiyasi asosida bunyod etilgan. Bu yerda 27 ming tup pomidor ko‘chati parvarishlanmoqda. Har bir tup ko‘chatdan 5-7 kilogacha hosil olish mumkin.

To‘lqin Siddiqov.