Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston-Avstriya: zamonaviy issiqxonalar tashkil etish borasida kelishuvlarga erishildi

Mazkur kelishuv Toshkentdagi Xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolangan. Unda O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish va zamonaviy Avstriya texnologiyalaridan foydalangan holda soha mutaxassislarini tayyorlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishni tashkil etish masalasini o‘rganish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Ikki mamlakat uchun ham manfaatli bo‘lgan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun platforma yaratish borasida bir qator kelishuvlarga erishilgan.