4 oy ichida salkam 500 kishi YTH qurboni bo‘lgan
- 29.05.2023 16:24
- 16
- Dolzarb
2023 yilning yanvar-aprel oyi davomida 2 144 ta yo‘l transport hodisasida 499 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.
Bu haqda Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’lum qilindi.
Yo‘l harakatini tashkil etishda texnik vositalarning sifati pastligi sabab 2022 yilda O‘zbekistonda 9 902 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan hamda ularda 9 606 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 356 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
- Yo‘l harakati qoidalari aholi o‘rtasida hanuzgacha ta’sirchan va samarali targ‘ib qilinmaydi, - deyildi tadbirda. - Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning bu boradagi madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan materiallar yetarli darajada berilmayapti.
Teglar:
YTH
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yubiley to‘ylari kerakmi?
- Kecha, 16:14
- Jamiyat
Saratonga davo topishni maqsad qilgan qiz
- Kecha, 16:07
- Samarqand