5 ta avtomashina to‘qnashuvida 2 nafar yo‘lovchi qurbon bo‘ldi
Joriy yilning 18 iyun kuni soat 10:20 larda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 85 kilometrida haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan X.X. (erkak) “Kaptiva” rusumli transport vositasini “Guliston-Toshkent” yo‘nalishida boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan S.M. (erkak) boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli transport vositasining o‘ng tomonidan quvib o‘tishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Oqibatda “Kaptiva” avtomashinasi yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan M.U. (erkak) boshqaruvidagi “Damas” rusumli hamda haydovchi, 1962 yilda tug‘ilgan B.M. (erkak) boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli transport vositalariga, haydovchi S.M. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasi esa haydovchi, 1975 yilda tug‘ilgan U.X. (erkak) boshqaruvidagi “Audi-100” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib, YTH sodir bo‘lgan.
Hodisa tufayli “Damas” rusumli transport vositasi yo‘lovchilari - 1979 yilda tug‘ilgan A.J. (erkak) va 1982 yilda tug‘ilgan Q.Q. (erkak) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
“Kobalt” rusumli transport vositasi haydovchisi B.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.