7 oy davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida viloyatda 483 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan

Samarqand viloyati bo‘yicha Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2022 yilning 7 oy davri davomida 20 mingdan ortiq loyihaga jami 483.5 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan . Bu haqda markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Dasturlar doirasida ajratilgan kreditlarning 56,9 mlrd. so‘mi (12%) yuridik shaxslar va YaTTlarga, 426,6 mlrd. so‘mi (88%) o‘zini o‘zi band qiluvchi jismoniy shaxslarga ajratilgan.

Ushbu kreditlarning 92.9% (449,2 mlrd. so‘mi) “Har bir oila – tadbirkor” dasturi, 7.1% (34,3 mlrd. so‘mi) boshqa dasturlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur mablag‘larning 194,5 mlrd. so‘mi xotin-qizlar tadbirkorligini, 184,5 mlrd. so‘mi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ajratilgan.

Dasturlar doirasida ajratilgan kreditlar yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarishga 18.8 mlrd. so‘m, chorvachilik uchun 92.4 mlrd. so‘m, issiqxonaga 41.9 mlrd. so‘m, tikuvchilik uchun 41.6 mlrd. so‘m, xizmat ko‘rsatishga 193.9 mlrd. so‘m hamda boshqa yo‘nalishlar (bog‘dorchilik, baliqchilik va boshqa)ga 94.9 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.