9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Byuro xodimlari faxriylar xolidan xabar olishdi

Shu kunlarda yurtimizning turli go‘shalarida 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Jumladan, ushbu sana munosabati bilan Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari Byuro organlarida ko‘p yillar mehnat qilib hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylar xolidan xabar olindi.

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Shogirdlar ustoz o‘giti va pand-nasihatlariga doim amal qilib borsa, ular oldidagi ilk burchlarini ado etgan hisoblanadi.

Byuro xodimlari bayram munosabati bilan Byuro organlarida ko‘plab halol va pok shogirdlarni tarbiyalagan ustoz faxriylardan biri, ayni damda farzandlari, nabiralari ardog‘ida bo‘lgan ustozlarni xonadoniga tashrif buyurib ularning holidan xabar olindi.

Bu kabi insonlarning hayot yo‘llaridan andoza olishimiz va tajribalariga tayanishimiz lozim. Albatta, ana shunday tadbirlar mamlakatimizda inson qadri naqadar ulug‘ligidan dalolat berishi bilan bir qatorda, yosh avlodni keksalarga hurmat ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi.