Adliya idorasi mas’ullari fuqarolarning muammolarini o‘rganmoqda
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Qurbonov Narpay tumani Barkamol avlod mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Tadbir avvalida M.Qurbonov fuqarolarga Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mohiyati haqida tushuncha berdi. Shundan so‘ng, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabulda ish haqini undirish, pensiya tayinlash, imtiyozlardan foydalanish, kadastr, sog‘liqni saqlash sohalarida duch kelinayotgan huquqiy muammolar yuzasidan 15 ta murojaat eshitilib, 3 tasi joyida hal etildi.
Murojaatchilar ichida farzand asrab olishda ko‘mak berishni so‘raganlar ham bo‘ldi. Mas’ullar ularga huquqiy maslahat berdi.
M.Qurbonov ayrim murojaatlar yuzasidan holatni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.