Afrika fillari nomalum sabablarga ko‘ra nobud bo‘lmoqda

Afrikaning Botsvanasida nomalum sabablarga ko‘ra 350 nafar fil nobud bo‘ldi. Bu haqda Sputnik.ru nashri xabar berdi.

Fillarning ommaviy nobud bo‘lish sababi aniqlanmadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunga sabab yegulik yoki suvdan zaharlanish bo‘lishi mumkin. Sibir yarasi (“Sibirskaya yazva”) kasalligi haqidagi farazlar tasdiqlanmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda fillarning o‘lish holati ikki barobarga ko‘paygan. Mahalliy aholining guvohlik berishicha, fillar to‘satdan yiqilib nobud bo‘lmoqda. Ushbu ma’lumotga tayanib, mutaxassislar fillar juda tez kasallanib o‘layotgani haqida to‘xtamga kelishdi.