"Ag‘ron"da muammo yechimi tuproq ostidan topildi
- 08.01.2022 20:17
- 314
- Samarqand
Kecha kanalimizda Nurobod tumanining "Ag‘ron" mahallasida sel yo‘li ustida qurilgan yangi ko‘cha haqida xabar berilgandi.
Shu hududda yashovchi aholi yangi yo‘l ostidan suv o‘tib ketishi uchun quvur yo boshqa inshoot qurilmagani, bitta sel kelishi bilan yo‘l yuvilib ketish ehtimoli haqida xavotir bildirgandi.
Buni qarangki, aslida yangi qurilgan ushbu yo‘l ostida suv oqimi o‘tib ketishi uchun kattagina quvur bor ekan.
Aftidan, bu quvur shunchaki e’tiborsizlik bilan qurilish vaqtida ko‘mib yuborilgan. Va bundan hatto aholi ham bexabar qolgan.
Nurobod tumanidagi tegishli tashkilot vakillari holatni o‘rganib, ko‘mib yuborilgan quvurlar ochilganini ma’lum qildi.