“Al-Azhar ovozi” o‘zbek olimining maqolasini e’lon qildi

Imom Moturidiy qalamiga mansub “Ta’vilot al-Qur’on” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinishi Misrdagi yirik vaktli matbuot nashrlaridan biri e’tiborini tortdi.

Misr Arab Respublikasidagi Al-Azhar universitetining “Al-Azhar ovozi” gazetasi 2021 yil 3 noyabrda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari O.Muhammadiyevning “Ta’vilot al-Qur’on" asari bo‘yicha yana bir muhim tadqiqot» nomli maqolasini e’lon qildi.

“Al-Azhar ovozi” gazetasi islom olamining nufuzli nashrlaridan biri bo‘lib, unga Misr Arab Respublikasi bosh imomi, “Al-Azhar” diniy majmuasi rahbari, doktor Shayx Ahmad Muhammad Toyyib homiylik kiladi.

Misrning sobiq bosh imomi, marhum Muhammad Sayyid Tantoviy tomonidan asos solingan gazeta 1999 yilning oktyabr oyidan buyon nashr etib kelinmokda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati.