“Al-Qoida” yetakchilaridan biri yo‘q qilingani haqida ma’lum qilindi
Uch oy oldin Eronda Al-Qoida (O‘zbekistonda taqiqlangan) guruhi yetakchilaridan biri Abdulla Ahmed Abdulla yo‘q qilingan. Bu haqda 14 noyabr kuni “The New York Times” nashri AQSh razvedka xizmatidagi manbaaga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Abu Muhammad al-Masri laqabli Abdulloh 7 avgust kuni AQSh nomidan ish olib borgan Isroil razvedkasi tomonidan Tehronda otib o‘ldirilgan. Shuningdek, uning qizi, al-Qoida asoschisi Usama ben Ladenning o‘g‘li Hamzaning bevasi Miryam ham o‘ldirilgan.
Nashr manbaasining ta’kidlashicha, Abdulla 2003 yildan buyon Eron hududida bo‘lgan va 2015 yildan ushbu mamlakat poytaxtida yashagan. Qo‘shma shtatlarda u Keniya va Tanzaniyadagi Amerika elchixonalariga uyushtirilgan terrorchilik harakatlarida gumon qilingan. AQSh FQB uni qidiruv e’lon qilingan o‘ta xavfli terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan. Abdulla to‘g‘risida ma’lumot uchun 10 million AQSh dollari mukofot va’da qilingan edi.