"Anor - 2022" respublika bosqichidan samarqandlik tadbirkor ayollar quruq qaytmadi
Yaqinda Samarqandda ishbilarmon ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan "Anor- 2022" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari e’lon qilingan edi.
Kecha mazkur tanlovning respublika bosqichida samarqandlik ishbilarmon ayollar munosib ishtirok etdi. "Anor- 2022" ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida "Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi eng yaxshi tadbirkor ayol" nominatsiyasida Urgut tumanidagi “Zarina sifat tekstil” korxonasi rahbari Zarina Rasulova 2- o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, "Eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi korxona” nominatsiyasida Samarqand shahridagi “Javlon audit servis” auditorlik tashkiloti rahbari Shahnoza Nuriddinova uchinchi o‘ringa loyiq, deb topildi.