Apple asoschisi ishni garajda boshlagan

Suratda garajda ishlayotgan yosh va shijoatli yoshlarni ko‘rib turibsiz. Ular Apple asoschilari: Stiv Jobs va Stiv Voznyak. Hozir ularning ishi 2,5 trillion dollarga baholanmoqda.

"Olmali biznes"ning yaratilish tarixi davomida kompaniya yuz mingdan ortiq xodimlarni yolladi, janjal hamda sudlardan o‘tdi va butun IT bozorini ostin-ustun qildi.

Ammo barchasi Jobsning ota uyi garajidagi birinchi qurilmalar g‘oyasi va yaratilishi bilan boshlangan.

Ular bisotida bo‘lgan eng qimmatli narsalarni - HP-65 dasturlashtiriladigan kalkulyator va Volkswagen mikroavtobusini sotishdi.

Ushbu voqea katta natijalar kichik qadamlardan boshlanishiga yaqqol misoldir.