Armaniston-Ozarbayjon chegarasida yana qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shusha Stepanyan 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Ozarbayjon bilan chegara hududdagi qurolli to‘qnashuvlar yangilanganini ma’lum qildi.
“Tungi saot 03:40 (04:40 Toshkent vaqti)da oldingi safda bo‘lgan Armaniston harbiy xizmatchilari dushman harakatlarini payqagan. Aylana himoyalanishga o‘tgan Armaniston harbiy bo‘linmalari diversion hujumga o‘tish harakatlarini qaytardi. Bo‘lib o‘tgan shiddatli jangdan so‘ng dushman, yuqotishlar bilan ortga chekindi”, deya xabar qildi Stepanyan Facebook sahifasida.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ham to‘qnashuvlar yangilanganini tasdiqladi. Ozarbayjon harbiylarining ta’kidlashicha, Armaniston Quroli Kuchlari Tuzus hududida navbatdagi hujumga o‘tish harakatlarini amalga oshirgan va katta kaliberli qurol va minomyotlardan foydalangan. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tinch aholi orasida jabrlanganlar yo‘qligini alohida ta’kidladi.