Hindistonga hech qanday hujjatsiz kirishga uringan O‘zbekiston fuqarosi ushlangani aytilmoqda

Hindistonga Bihar shtatidagi Sitamarhi tumanida Nepaldan noqonuniy tarzda kirishga urinayotgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi.

O‘zini O‘zbekiston fuqarosi deb tanishtirgan X.M. ismli shaxsning yonida amaldagi pasporti yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlari bo‘lmagan.

Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida tezkor chora-tadbirlar ko‘rmoqda. Shu maqsadda Hindistonning tegishli mahkama va idoralari bilan aloqa o‘rnatilib, mazkur vaziyat nazoratga olgan.

Diplomatik missiya vatandoshlarimizni Hindistonga safar qilishdan oldin turli shubhali guruh yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslik, ushbu mamlakatga kirish va unda bo‘lib turish chog‘ida mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.