Armaniston Ozarbayjonga qarshi BMT qoshidagi Xalqaro sudga da’vo arizasi berdi
Armaniston Bokuni Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat tufayli irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani buzganlikda ayblab, Ozarbayjon ustidan Xalqaro sudga da’vo arizasi berdi.
Armaniston Ozarbayjondan hammaga Tog‘li Qorabog‘ni tark etish imkoniyatini berishni, shuningdek, BMT va Qizil Xoch xodimlarining mintaqadagi arman aholisiga kirishini ta’minlashni, uning kommunal tizimini tiklash va tugatilgan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining fuqarolik holati aktlarini haqiqiy deb tan olishni talab qilmoqda.
Armaniston, shuningdek, Ozarbayjon harbiylarini Tog‘li Qorabog‘dagi tinch aholi punktlaridan olib chiqib ketishni va mintaqadagi arman yodgorliklarini buzishni taqiqlashni talab qilmoqda.
Da’vo arizasiga ko‘ra, Ozarbayjon BMTga talablarni bajarish choralari to‘g‘risida taqdim etilganidan keyin bir oy ichida, so‘ngra yakuniy qaror qabul qilingunga qadar har uch oyda hisobot berishi kutilmoqda.
Ozarbayjon 19-20 sentyabr kunlari “aksilterror choralari” natijasida Tog‘li Qorabog‘ hududi ustidan nazoratni to‘liq qo‘lga kiritdi. 1990 yillarning boshidan beri mavjud bo‘lgan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining hukumati uning tarqatib yuborilganini e’lon qildi.
Ikki haftadan kamroq vaqt ichida u yerda yashovchi 120 ming etnik armandan 100 nafari Tog‘li Qorabog‘ni tark etgan.