Meksika orqali AQShga noqonuniy kirishga uringan O‘zbekiston fuqarolari hibsda saqlanishi ma’lum qilindi
AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Davlat departamentini xabardor qilishicha, hozirdan boshlab AQSh-Meksika chegarasi orqali AQShga noqonuniy kirayotgan O‘zbekiston fuqarolari AQShga qo‘yib yuborilmaydi, buning o‘rniga ular bilan bog‘liq immigratsiya ishi hal qilingunga qadar hibsda saqlanadi.
AQSh Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Mamlakatdan chiqarib yuborish tijorat aviakompaniyalari hamda AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oshirilmoqda.
AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan shaxslar bu mamlakatga kamida besh yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam beradigan oila a’zolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin.
AQSh xavfsiz, tartibli va insonparvar migratsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida chet ellik hamkorlar bilan faoliyat olib boradi hamda Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan barcha noqonuniy kiruvchilar va fuqaroligi bo‘lmaganlarni immigratsiya qonunchiligi (Title 8) vakolati ostida tezda mamlakatdan chiqarib yuboradi.