Askarlar qasamyod qabul qildi

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand gornizonida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning qasamyod qabul qilishlariga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik A.Saidov Mudofaa vazirining askarlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Harbiy qasamyod qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir karantin talablari va qoidalari asosida o‘tkazildi.

Askarlarga Prezidentimiz tomonidan yuborilgan kitoblar sovg‘a qilindi.

Tadbirda harbiylar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Baxtiyor Mustanov.