Avstraliyada Yerning «qora qutisi» quriladi

Avstraliyalik olimlar Yerning «qora qutisi» – vayron bo‘lmaydigan o‘zi yozadigan uskuna quradi. U global iqlim halokati tufayli insoniyat sivilizatsiyasining so‘nggi o‘n yilliklari ma’lumotlarini yozib boradi. Bu haqda ABC xabar bermoqda.

U 2022 yil oxirigacha Avstraliyaning Tasmaniya oroli g‘arbiy sohilida o‘rnatiladi. Qutining vazifasi ekologik halokatga yaqinlashtirishuvchi insoniyatning har «qadami»ini hujjatlashtirish. O‘ziyozar uskuna sayyoraning bo‘lajak aholisi uchun - o‘tmish sivilizatsiya yo‘q bo‘lib ketishi sababini «aytib» berish uchun yaratilmoqda.

Quti kattaligi avtobusday keladi. Uning ichida Yerdagi karbonat angidrid darajasi o‘zgarishi va turli mintaqalardagi o‘rtacha yillik harorat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozuvchi va saqlovchi moslama bo‘ladi. «Qora quti» quvvatni quyosh batareyalaridan oladi. U global isish haqidagi onlayn ma’lumotlarni internetdan to‘playdi.

“Agar Yer global isish natijasida tiklab bo‘lmas darajada o‘zgarsa, quti qolganlarga sodir bo‘lgan voqeadan saboq chiqarish imkonini beradi. Bundan tashqari, u sodir bo‘lgan voqealar uchun jahon yetakchilari javobgarligining dalili bo‘ladi: ularning har bir harakat yoki harakatsizligini qayd etadi”, dedi loyiha mualliflaridan biri Jim Kertis.

O‘ziyozar qurilishi 2022 yilda boshlanadi. Ammo kerakli ma’lumotlar hozirdan yig‘ilmoqda. Qutidagi birinchi ma’lumot Glazgoda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim konferensiyasi haqida bo‘ladi.

Noyabr oyida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiya Konferensiyasining 26-sessiya qatnashchilari ikki haftalik muhokamalardan so‘ng yakuniy bayonot matni bo‘yicha kelishib olishdi. 200 ga yaqin davlat diplomatlari uglerod chiqindilarini kamaytirish, ayri qazilma yoqilg‘idan voz kechish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha oldingi saflarda turgan kambag‘al mamlakatlarga yordamni oshirishga va’da berdi.

G.XOLDOROVA tayyoradi.