«Bolalarda bolalik bo‘lishi shart»: Avstraliyada o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlar "yopildi"
Avstraliya dunyoda birinchilardan bo‘lib hududida Facebook, Instagram, TikTok, YouTube, Snapchat kabi asosiy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish 16 yoshdan kichiklar uchun rasman taqiqlandi.
Jami 10 ta platforma qamrab olingan. Endi kompaniyalar 16 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilar akkauntlarini o‘chirishi va yangi ro‘yxatdan o‘tishni taqiqlashi shart. Qonunni buzgan tarmoqlar 49,5 million avstraliya dollarigacha (taxminan 33 million AQSh dollari) jarimaga tortilishi mumkin.
Hukumat bu chorani bolalik davrining ahamiyati, ya’ni «bolalarda bolalik bo‘lishi shart»ligi va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ruhiy salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida qabul qilganini bildiradi.
O‘smirlarning qonunga munosabati turlicha: ayrimlar bunga osoyishta qarayotgan bo‘lsa, boshqalar chorani keskin tanqid qilmoqda. Ular fikricha, to‘liq taqiqlash o‘rniga faqat ayrim funksiyalarni cheklash yetarli edi. Ba’zilar bolalarining «tushkunligi»ni aytishmoqda, ular ijtimoiy tarmoqlardan uzilganini chetlatilgandek his qilishmoqda. Ayrim ota-onalar esa bolasiga cheklovlarni aylanib o‘tish usullarini o‘rgatishayotganini tan olishgan.