Facebook, Instagram va WhatsAppda dunyo bo‘ylab jiddiy uzilish ro‘y berdi
Bu boradagi muammolar haqida birinchi xabarlar Toshkent vaqti bilan 20:34 dan keyin kela boshladi. Ommabop internet-resurslar uzilishini kuzatuvchi Downdetector veb-sayti ma’lumotiga ko‘ra, ular asosan AQSh va Buyuk Britaniyada, shuningdek Kanada, Gollandiya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Rossiya va boshqa ko‘plab mamlakatlarda qayd etildi.
Foydalanuvchilar uzok vaqt davomida platformalarga kira olishmadi, ko‘pchiligi sayt ishlashi, serverga ulanish va dasturlar ishdan chiqishidan shikoyat qilishdi. WhatsApp foydalanuvchilari ham xabar yuborishda muammolarga duch kelishdi.
SafeNet NTI muhandislik markazi mutaxassisi Igor Bederov, butun dunyo bo‘ylab Facebook xizmatlari ishlamay qolishining sababini ko‘rsatdi - bu DNS (Domain Name System) domenlari haqida ma’lumot oluvchi kompyuter tarqatma tizimi bilan bog‘liq nosozlik bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
"Telegram messenjerlari WhatsAppda uzilishlar tufayli yangi foydalanuvchilarning katta oqimidan biroz qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Facebook xizmatlari ishlamay qolishi muammosi uchun barchadan chin dildan kechirim so‘raymiz. Jamoa imkon qadar tezroq tuzatish va nosozlikni bartaraf etish ustida ishlamoqda", deb yozdi Facebook texnik direktori Shrepfer Twitterda.
Xullas, Facebook singari texnologik gigant uchun eng davomli uzilish bo‘ldi. Tarmoqdagi bunday katta hajmdagi uzilish 2008 yildan buyon birinchi marta yuzaga keldi, deya xabar bermoqda CNBC. 2019 yil boshida shunga o‘xshash muammo atigi bir soat davom etgan edi.
Hozirda tarmoqlar faoliyati tiklanishiga qaramay, uzilishlar Facebook kompaniyasi aksiyalari narxining keskin tushib ketishiga olib keldi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘iga 2004 yil fevral oyida 19 yoshli amerikalik talaba Mark Sukerberg asos solgan. Bosh qarorgoh Menlo Park (Kaliforniya)da joylashgan. Facebook - Messenger, WhatsApp va Instagram xizmatlariga ham egalik qiladi.
G.Xoldorova tayyorladi.