Ijtimoiy tarmoqdagi "soxta tanishuv" jinoyat bilan yakunlandi

Shu yil 17 mart kuni soat 01:30 larda Samarqand viloyatida yashovchi 33 yoshli E.D. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga murojaat qilib, Toshkent shahar Sergeli tumani Jaloyir MFY.da notanish shaxslar uni urib tan jarohati yetkazganini ma’lum qilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilgan tergovga qadar surishtiruv ishlari davomida mazkur holatga aniqlik kiritilgan. Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchilar 22 yoshli R.M. va 17 yoshli M.M. jabrlanuvchi bilan internet orqali tanishib, uni Sergeliga chaqirishgan. So‘ngra uni urib, tan jarohati yetkazgan. Narxi 3 mln. so‘mlik “Hanor 8A” rusumli uyali telefon apparatini, 6 mln. so‘m pulini, sport kurtkasi, shimi va oyoq kiyimini tortib olib hodisa joyidan yashirinishgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida gumonlanuvchilar qo‘lga olinib ulardan bir dona “Hanor 8A” rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan R.M. va voyaga yetmagan M.M.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibida ushlangan.