Codir etilgan umumiy jinoyatlarning 93,9 foizi fosh etilgani ma’lum qilindi
Senatning yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisida ichki ishlar vazirining 2022 yilning birinchi yarim yilligida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Qayd etilishicha, joriy yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 93,9 foizi fosh etilgan. Qidiruvdagi 2 841 nafar shaxs ushlanib, bedarak yo‘qolgan 203 nafar shaxs topilgan.
2021 yil davomida ochilmay qolib ketgan jinoyatlarning 1 079 tasi, avvalgi yillarda ochilmagan jinoyatlarning 151 tasi fosh etilishi ta’minlangan.
Mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishda salmoqli ishlar amalga oshirilgan.
Joriy yilning birinchi yarmida jami mahallalarning 53 foizida jinoyat sodir etilmagan va 14 foizida jinoyatlar kamayishiga erishilgan.
Jinoyatlar ko‘paygan 33 foiz mahalla “qizil” toifaga kiritilib, qo‘shma patrullik yo‘nalishlari tashkil etilgan.
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning soni ayrim hududlarda yuqoriligicha qolgan.