Samarqandda ilk bor Avstraliya kompaniyasi tomonidan maxsus kurslar tashkil etildi

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti joriy yilning 5 avgust kuni Dushanbe shahrida Micromine Pty Ltd kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolagan edi.

Ushbu kelishuvga binoan 5-10 sentyabr kunlari Samarqand xalqaro texnologiya universitetining IT markazi tayyorlov kursi mutaxassislari bilan hamkorlikda Micromine Origin dasturiy ta’minotida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida SEG, ERIELL guruhi, Enter-Engineering kabi tashkilotlarda geolog, muhandis, geodezist va marksheyderlar uchun maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Seminar-treninglar Micromine Origin kompaniyasining O‘zbekistondagi hududiy bo‘limi mutaxassisi Sovin Stanislav tomonidan olib borildi. Kursni muvaffaqqiyatli tugatgan bir guruh tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Ma’lumot uchun: Micromine - konchilik sanoati uchun operatsion dasturiy yechimlarni ishlab chiqish sohasida faoliyat olib boradigan jahondagi kompaniyalar orasida yetakchi hisoblanadi.