Koronavirus: 22 noyabrdan Avstriyada lokdaun joriy etiladi
- 20.11.2021 15:27
- 79
- COVID-19
Koronavirusga chalinish holatlarining keskin ko‘payishi tufayli Avstriya hukumati 22 noyabrdan boshlab mamlakatda emlangan va kasallikdan sog‘ayganlarga ham birdek tegishli bo‘lgan umummilliy lokdaun joriy qiladi.
Avstriya kansleri Aleksander Shallenberg lokdaunni juda murakkab qaror deb atadi, deyiladi "RIA Novosti" xabarida.
Uning natijasi 10 kun davomida baholanishi va shu hisobda lokdaun 20 kun davom etishi kutilmoqda.
13 dekabrdan kechiktirmasdan emlangan va kasallikdan sog‘ayganlar uchun lokdaun bekor qilinadi va ularga anchagina keng erkinlik beriladi.