Avstriyada COVID-19 pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlandi
- 15.09.2020 09:25
- 148
- COVID-19

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mamlakatda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Avstriya nashriyoti agentligi ma’lum qildi.
“Ikki hafta ilgari bir kecha-kunduzda 350 nafar yangi kasallanish holatlari qayd etilayotgan edi, kecha bu ko‘rsatkich 850 nafardan oshib ketdi. Ayniqsa, Venada vaziyat og‘ir. U yerda butun Avstriya bo‘ylab yangi kasallanganlarning 50 foizi qayd etilgan. Yaqin kunlarda bir kecha-kunduzdagi ming nafar kasallanish holati ko‘rsatkichiga yetamiz”, dedi Kurs kuz va qish fasllari og‘ir o‘tishini alohida ta’kidlab.
Shu munosabat bilan kansler Avstriya aholisini infeksiya tarqalishining oldini olish chora-tadbirlariga rioya etishga chaqirdi. “Endi barchamizni bahor oylarida ko‘rsatgan intizom va ogohlik bilan kelgusi oylarning qiyinchiliklarini yengishga chaqiraman”, deb nutqiga yakun yasadi kansler.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Misr tamadduni qachon boshlangan?
- Kecha, 17:53
- O'qing, qiziq!