Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avstraliyadagi zilziladan keyin 45 dan ortiq uylar qisman vayron bo‘ldi

AQSh geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 5,8 magnitudali zilzila bugun, UTC vaqti bilan 23:15 (Toshkent vaqti bilan 04:15) da qayd etilgan.

Zilzila epitsentri 4,2 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan Viktoriya poytaxti Melburn shahridan 128 kilometr sharqda. O‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Keyinchalik 4,1 va 3,1 balli takroriy silkinishlar qayd etildi.

Zilzila qurbonlari haqida ma’lumot yo‘q. Vaziyatni baholash uchun ba’zi viloyatlarga vertolyotlar yuborilib, aholiga yordam berish uchun markazlar tashkil etilmoqda.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, aholi aftershoklar bir necha oy davom etishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda.