Xitoyda zilzila tufayli 11 ming kishi evakuatsiya qilindi
- 03.05.2023 10:45
- 205
- Xorij
Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kuni 935 mingga yaqin aholi istiqomat qiluvchi Baoshan shahridan 35 kilometr shimoli-sharqda 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan.
Baoshan shahridan 11 mingga yaqin odamni evakuatsiya qildi. Bu haqda chorshanba kuni “Sinszinbao” gazetasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, qutqaruv ishlariga 2,4 ming kishi safarbar qilingan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zilzila oqibatida 2,8 mingga yaqin bino vayron bo‘lgan.
Vakolatli organlar 38 ming kishining xavfsizligini ta’minlash uchun favqulodda choralar ko‘rgan. Ular uchun 34 ta vaqtinchalik boshpana tashkil etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Uch kishi yengil tan jarohati olib, yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- Kecha, 20:29
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Kecha, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Kecha, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Kecha, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Kecha, 16:30
- Dolzarb