Xitoy uchiradigan sun’iy yo‘ldoshga "Samarqand-2028" nomi beriladi
- 06.12.2025 14:02
- 1
- Xorij
“O‘zbekkosmos” agentligi va “STAR.VISION” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra, Xitoy tomonidan fazoga uchirilishi rejalashtirilayotgan giperspektral sun’iy yo‘ldoshga “Samarqand-2028” nomi beriladi.
Bu 2028 yil Samarqandda o‘tkaziladigan “Xalqaro Astronavtika Kongressi”ni ramziy ma’noda ifodalaydi.
Shuningdek, memorandumga ko‘ra yerni masofaviy zondlashga mo‘ljallangan mazkur yo‘ldosh uchun sun’iy intellekt modulini “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari ishlab chiqadi. Yo‘ldosh olgan suratlarni havo sifatini birlamchi baholash, qishloq xo‘jaligi ekinlari va o‘rmonlarni monitoring qilishda qo‘llash mumkin bo‘ladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yong‘indan ogohlik - xavfsiz hayot garovi
- 1 soat avval
- Samarqand