Istanbulda ehtimoliy zilzilaga tayyorgarlik ko‘rilishi aytildi

Turkiya hukumati Istanbulni seysmologlar ogohlantirayotgan halokatli zilzilaga tayyorlashni boshlash niyatida.

Bu haqda chorshanba kuni Turkiya Ekologiya va shaharsozlik vaziri Mexmet Ozxaseki matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi TASS.

“Biz Istanbul hokimi janob Ekrem Imomog‘lu va tumanlar rahbarlari bilan Istanbulda yuz berishi mumkin bo‘lgan zilzila yuzasidan uchrashdik va prinsipial kelishuvga erishdik. Kelasi haftadan ofat zarbasi bo‘yicha ish boshlaymiz" degan u.

12 iyul kuni turkiyalik seysmolog 17 million odam istiqomat qilayotgan Istanbul joylashgan Marmara dengizi hududida 7,2-7,6 magnitudali zilzila bo‘lishini bashorat qilgan edi.

Shuningdek, Turkiyani yangi jazirama to‘lqini kutmoqda, Ayrim provinsiyalarda allaqachon isssiq 52 darajaga chiqmoqda. Mamlakatda o‘rmon yong‘inlari avj olgan, vaziyat yanada og‘irlashishi aytilmoqda.