Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni ortmoqda

Epitsentri Afg‘oniston shimoli-sharqida bo‘lgan zilzila oqibatida qurbonlar soni 9 kishiga yetdi, 44 kishi jarohat olgan, deb xabar qilmoqda The News mamlakat tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasiga tayanib.

Kecha Afg‘onistonda Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati bilan chegaradosh Ishkashim shahridan 50 kilometr uzoqlikda 6,5 magnitudali zilzila qayd etilgan. Silkinishlar Hindiston, Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham sezilgan.

Avvalroq mahalliy Dawn nashri zilzila oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani va olti kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.